Amerika Qo‘shma Shtatlari BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyusiyasiga veto qo‘ydi.
Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
"Payshanba kuni Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorida zudlik bilan, so‘zsiz va doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni va Isroil tomonidan Falastin anklaviga gumanitar yordam yetkazilishiga qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qilishni talab qiladigan BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyasi loyihasiga veto qo‘ydi", — deyiladi maqolada.
Qarorni 14 nafar yoqlab ovoz berdi. Bu Qo‘shma Shtatlar Isroil va Falastinning XAMAS harakati o‘rtasidagi qariyb ikki yillik urush munosabati bilan Xavfsizlik Kengashiga oltinchi marta veto qo‘ydi.