Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo bo‘yicha rezolyusiya loyihasiga veto qo‘ydi

AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo bo‘yicha rezolyusiya loyihasiga veto qo‘ydi

Qo‘shma Shtatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining G‘azoda zudlik bilan gumanitar otashkesimga chaqiruvchi rezolyusiya loyihasiga yana veto qo‘ydi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi, Jazoir tomonidan taqdim etilgan G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilgan, tinch aholiga qaratilgan barcha hujumlarni qoralagan va majburiy ko‘chirilishiga qarshi chiqqan rezolyusiya loyihasini ovozga qo‘ydi.

15 a’zodan iborat BMT xavfsizlik kengashida Buyuk Britaniya betaraf qoldi, AQSh veto qo‘ydi, 13 davlat esa yoqlab ovoz berdi.

AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild ovoz berishdan oldin bayonot berib, AQSh Isroil, Hamas, Misr va Qatar bilan mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini eslatdi. Uning ta’kidlashicha, agar bu borada kelishuvga erishilsa, 6 haftalik pauza e’lon qilinadi.

Grinfildning aytishicha, diplomatiya vaqt talab etadi va yerdagi voqeliklarni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi va Jazoir rezolyusiya loyihasi muzokaralarga salbiy ta’sir qiladi.

AQShning yangi rezolyusiya loyihasini taqdim etganini ifoda etgan Greenfiyeld, «To‘g‘ri vaqtda to‘g‘ri ishni qilaylik» dedi.

Kiritildi: 22:59 20.02.2024. O'qildi: 1148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!