Washington Examiner ma’lumotiga ko‘ra, AQSh blokadasi qayta joriy etilishidan oldingi 26 kun ichida Eron 80 million barreldan ortiq neft va neft mahsulotlarini eksport qilib, taxminan 6 milliard dollar daromad olgan.
Shu bilan birga, qariyb 30 million barrel neft omborlarda bloklanib qolgan. Blokada hududi ichidagi suzuvchi omborlarda esa yana taxminan 60 million barrel neftni saqlash imkoniyati mavjud.