Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh bir yilda Kubaga 8,83 milliard dollar zarar keltirdi

AQSh bir yilda Kubaga 8,83 milliard dollar zarar keltirdi

AQShning 2025 yil martidan 2026 yil fevraligacha bo‘lgan savdo, iqtisodiy va moliyaviy embargosi Kubaga yetkazgan zarar 8,83 milliard dollardan oshdi.

Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parrilla bu haqda AQSh embargosining salbiy ta’siri haqida hisobot taqdim etish uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi ko‘rsatkich avvalgi hisobotga nisbatan 7% ga yuqori. Embargoning 60 yildan ortiq vaqt davomida amalga oshirilgan jami zarari, joriy narxlarda o‘lchanganda, 178,7 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi, bu avvalgi hisobotga nisbatan 4,7% ga ko‘p.

Rodriges Parrilla hisobot BMT Bosh Assambleyasiga taqdim etilishini e’lon qildi. Kubaga qarshi AQSh embargosini bekor qilishga chaqiruvchi rezolyusiya bo‘yicha keyingi ovoz berish 27-28 oktyabr kunlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!