Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh bir oy ichida Yaman hududiga 900 dan ortiq zarba berdi

AQSh bir oy ichida Yaman hududiga 900 dan ortiq zarba berdi

AQSh harbiylari bir oy ichida "Ansor Alloh" isyonchi harakatidan hutiylar nazorati ostidagi Yaman hududiga 900 dan ortiq zarba berdi.

Bu haqda "TASS" xabar bermoqda.

"Bu haftada dushman B-2 bombardimonchi samolyotlari va F-18 qiruvchi samolyotlaridan foydalangan holda Yamanning bir qancha viloyatlariga 220 dan ortiq zarba berdi. Umuman olganda, bu oyda Amerika 900 dan ortiq havo va dengiz bombardimonlarini amalga oshirdi" - dedi Hutiy yetakchisi nutqi Al Masirah telekanali orqali efirga uzatildi.

Uning aytishicha, bir oy davomida isyonchi kuchlar Qizil dengizdagi Isroil hududi va Amerika harbiy kemalariga 78 marta hujum qilgan. "Ansor Alloh" yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, husiylar o‘z amaliyotlari uchun 170 dan ortiq uchuvchisiz samolyotlar, shuningdek, qanotli va ballistik raketalardan foydalangan.

Kiritildi: 09:30 18.04.2025. O'qildi: 836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!