Vazirlik rasmiy vakili Ismoil Baqoiy barcha muzokaralar Oliy milliy xavfsizlik kengashi nazorati ostida olib borilayotgani va jarayon ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshirilayotganini bildirdi.
"AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yo‘q, xabarlar almashinuvi vositachilar orqali amalga oshirilmoqda. Keyingi qadam qanday bo‘lishi vaziyatga bog‘liq", — dedi u.
Baqoiy, shuningdek, Eron TIV rahbari Abbos Aroqchi va mamlakat parlamenti spikeri Muhammad Boqir G‘olibof tez orada muzokaralarda ishtirok etish uchun Pokistonga jo‘nab ketishini qo‘shimcha qildi.