Bu haqda Reuters ma’lum qildi.
Agentlikning bir necha manbalariga tayanib yozishicha, Tramp ma’muriyati Belarus hukumati bilan kamida 100 nafar siyosiy mahbusni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
"Tramp ma’muriyatining Belarus bilan bu boradagi aloqalari Minskni Moskvaning geosiyosiy ta’sir doirasidan chiqarishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyaning bir qismi hisoblanadi. Agar tomonlar kelishuvga erisha olsa, Belarusda bir vaqtning o‘zida eng ko‘p sondagi siyosiy mahbuslar guruhi ozod qilinadi", deya yozmoqda nashr.
Belarus joriy yilning sentyabr oyida ham 52 nafar siyosiy mahbusni ozod etgan edi. G‘arb huquq himoyachilari bahosiga ko‘ra, Belarusda 1000 dan ortiq siyosiy mahbus bor.