Bu haqda The Insider xabar bermoqda.
"Sud AQSh poytaxtida Milliy gvardiya bo‘linmalarining bo‘lishiga qo‘yilgan taqiqni vaqtincha bekor qildi. Bu qaror 11 dekabrgacha harbiylar shahardan chiqib ketishi shartligi haqidagi avvalgi hukmning ijrosini to‘xtatib turadi", deyiladi xabarda.
Vashingtonda Milliy gvardiya harbiylarining joylashtirilishiga qarshi da’voni Kolumbiya okrugi bosh prokurori Brayan Shvalb kiritgan edi. Uning ta’kidlashicha, prezident Donald Tramp o‘z vakolatlarini oshirib yuborgan va AQSh hududida qurolli kuchlardan polisiya sifatida foydalanishni taqiqlovchi qonunni buzgan.
"Da’vo arizasi berilgan paytda shaharda 2 mingdan ortiq gvardiyachi bor edi. Poytaxtda Milliy gvardiyani joylashtirish Trampning migrasiya va Demokratlar partiyasiga mansub merlar boshqarayotgan yirik shaharlardagi “jinoyatchilikka” qarshi siyosatining bir qismi hisoblanadi", deya yozmoqda The Insider.
Bu prezidentning mamlakat ichida qo‘shin joylashtirish vakolatiga qarshi ko‘rilayotgan bir necha sud jarayonlaridan biri bo‘lib, boshqa shaharlarda ham shunga o‘xshash jarayonlar davom etmoqda.