Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Adliya vazirligi Oq uy yaqinidagi otishmani Trampga suiqasd deb atadi

AQSh Adliya vazirligi Oq uy yaqinidagi otishmani Trampga suiqasd deb atadi

AQSh Adliya vazirligi 23 may kuni Oq uy yaqinida sodir bo‘lgan otishmani prezident Donald Trampga qarshi suiqasd urinishi sifatida baholadi.

Kolumbiya okrugi federal sudiga taqdim etilgan hujjatda bu hodisa “bir oy ichida prezidentga qarshi ikkinchi suiqasd urinishi” deb qayd etilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 23 may oqshomida Oq uy yaqinida qurollangan shaxs o‘q uzgan. Maxfiy xizmat xodimlari javob tariqasida o‘t ochib, uni zararsizlantirgan. Keyinchalik erkak kasalxonada vafot etgan. Hodisa vaqtida bir nafar guvoh ham yaralangan.

OAV xabarlariga ko‘ra, hujumchi Oq uydan taxminan 150 metr uzoqlikda bo‘lgan va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekkan.

Adliya vazirligi ushbu voqeani Oq uy hududida yangi ziyofat zalini qurish zarurligini asoslash uchun sudga taqdim etilgan petisiyada tilga oldi. Hujjatda yangi majmua prezident, uning oilasi va mehmonlarini himoya qilish uchun zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanishi kerakligi ta’kidlangan.

Kiritildi: Bugun 21:51. O'qildi: 144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!