AQSh Adliya vazirligi reper va prodyuser P. Diddy (haqiqiy ismi – Shon Kombs) va bolalarni zo‘ravonlik va shu kabi boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblanib, o‘z joniga qasd qilgan moliyachi Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha ishlagan prokuror Morin Komini ishdan bo‘shatdi.
Bu haqda ABC News telekanali xabar berdi.
Morin Federal Qidiruv Byurosining sobiq direktori Jeyms Komining qizi bo‘lib, uni AQSh ma’muriyati Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlarni soxtalashtirishda, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya bilan aloqalarini o‘rganishdagi qonunbuzarliklar va Moskvaning 2016 yilgi AQSh saylovlariga da’vo qilingan aralashuvida gumon qilmoqda.
ABC News manbalariga ko‘ra, avvalroq Tramp Morin Komi o‘z lavozimini egallashda davom etayotganidan noroziligini bildirgan. Associated Press, o‘z navbatida, prokuror hech qanday tushuntirishsiz ishdan bo‘shatilganini ta’kidlaydi.