AQShda 50 yildan keyin ilk neftni qayta ishlash zavodi quriladi. Loyihani Texas shtatining Braunsvill shahrida America First Refining amalga oshiradi. Bu haqda Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Investisiya taxminan 300 milliard dollarga baholanmoqda. Loyihaga hindistonlik hamkorlar, jumladan, eng yirik xususiy energetika kompaniyasi Reliance ham jalb etiladi. Yangi neftni qayta ishlash zavodi AQSh bozorini ta’minlash va neft mahsulotlarini eksport qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
“Amerika haqiqiy energetika ustunligiga qaytmoqda”, - dedi AQSh prezidenti.
Zavodning ishga tushirilishi AQShda energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirishi, minglab ish o‘rinlarini yaratishi va Janubiy Texas mintaqasiga katta iqtisodiy foyda keltirishi kerak.
“Braunsvill portidagi yangi neftni qayta ishlash zavodi AQSh bozorlarini ta’minlaydi, milliy xavfsizligimizni mustahkamlaydi, Amerika energiya ishlab chiqarishni ko‘paytiradi, milliardlab dollar iqtisodiy foyda keltiradi va dunyodagi eng toza neftni qayta ishlash zavodiga aylanadi”, - dedi Tramp.