Bugun 18 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh 40 dan ortiq davlatni Xitoy tovarlariga qo‘yilgan bojlarni chetlab o‘tishda aybladi

AQSh 40 dan ortiq davlatni Xitoy tovarlariga qo‘yilgan bojlarni chetlab o‘tishda aybladi

AQSh hukumati 40 dan ortiq davlatni Xitoydan keladigan tovarlarga nisbatan joriy etilgan Amerika bojlarini chetlab o‘tishga yordam berganlikda aybladi. Bu haqda Oq uy saytida e’lon qilingan hisobotda so‘z boradi.

Hujjatda qayd etilishicha, Kanada, Meksika va Yaponiya ham kirgan o‘nlab davlatlar Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qayta markalash jarayonida ishtirok etgan. Natijada tovarlar go‘yoki Xitoyda emas, boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgandek ko‘rsatilgan.

AQSh rasmiylarining fikricha, Xitoy mahsulotlari xorijiy davlatlarda minimal darajada qayta ishlangan, shundan so‘ng yangi nom va kelib chiqish ma’lumotlari bilan Amerika bozoriga eksport qilingan.

Shu yo‘l bilan yetkazib beruvchilar Vashington tomonidan Xitoy tovarlariga nisbatan joriy etilgan yuqori boj stavkalarini to‘lashdan qochishga uringan.

«Boj stavkalari nisbatan past bo‘lgan mamlakatlar AQSh bojlarini to‘lashdan qochishga qaratilgan yangi tizim uchun boshlang‘ich maydon va markazga aylandi», — deyiladi Oq uy hisobotida.

Kiritildi: 08:16 14.08.2026. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!