AQSh Germaniyada Tomahawk qanotli raketalarini joylashtiradi, qaror Tramp davrida ham o‘z kuchda qoladi.
Bu haqda Bundesver bosh inspektori general Karsten Broyer Der Spiegel jurnali bilan suhbatda ma’lum qildi.
AQSh qurolli kuchlarining yangi shtab boshlig‘i general Den Keyn bilan uchrashuvdan so‘ng Broyer 2026 yildan boshlab Germaniyada Amerika uzoq masofali qurollarini joylashtirish rejalarining o‘z kuchida qolishini ta’kidladi.
2024 yil iyul oyida o‘tkazilgan NATO sammiti doirasida Vashington va Berlin Germaniya hududida SM-6 zenit raketalari, tajribaviy gipertovushli qurol tizimlari va 2500 kilometrgacha masofadagi nishonlarni yo‘q qilishga qodir Tomahawk qanotli raketalarini joylashtirish rejalari haqida e’lon qilgan edi.
Qo‘shma Shtatlarda hukumat almashganidan so‘ng, Berlinda prezident Trampning Jo Bayden bergan va’dani bajarishiga shubha paydo bo‘lgandi.
Germaniyada Qo‘shma Shtatlarining Tomahawk tizimlariga ega bo‘linmasini joylashtirish Bundesver o‘zi Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan uzoq masofali qurolga ega bo‘lguniga qadar bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Broyerning ta’kidlashicha, Bundesver qisqa muddatda tegishli tizimlarni xarid qilishiga to‘g‘ri keladi.