AQSh Vakillar palatasi kelasi hafta Rossiya va Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
"AQSh Vakillar palatasi kelasi hafta Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar qonun loyihasini ko‘rib chiqishni boshlaydi", deyiladi xabarda.
Qonun loyihasi ilgari AQSh Senatida qo‘llab-quvvatlangan, ammo demokratlar Vakillar palatasida bunga qarshi chiqishgan. Vakillar palatasi qoidalari qo‘mitasining yig‘ilishi 14 sentyabrga belgilangan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qonun loyihasining ma’qullanishi uni ko‘rib chiqish uchun butun Vakillar palatasiga taqdim etish imkonini beradi.
Avvalroq, 31 avgust kuni Kongressning demokratlar yetakchisi Hakim Jeffris Vakillar palatasi demokratlari yangi Rossiyaga qarshi sanksiyalar qonun loyihasida tahdid ko‘rayotganini aytgan edi. Ularning fikricha, bu Oq uyga o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish imkoniyatlarini beradi.