Bugun 16 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Aqlli svetoforlar, yangi belgilar: yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartish kiritiladi

Aqlli svetoforlar, yangi belgilar: yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartish kiritiladi

O‘zbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va harakat xavfsizligini oshirish bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida loyiha ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, yo‘llarda xavfsizlikni oshirish bo‘yicha "aqlli svetoforlar" va texnik vositalar joriy etiladi.

Chorrahalar va piyodalar o‘tish joylarida zamonaviy texnologiyalar qo‘llaniladi.

Yo‘llarni yoritish, tozalash va belgilash xizmatlarini xususiy (autsorsing) kompaniyalar orqali tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, sohaga “Avariya o‘chog‘i” tushunchasi ham kiritiladi. Unga yo‘l-transport hodisalari tez-tez sodir bo‘ladigan hududlar kiritiladi. Ular uch turga bo‘linadi:

—Uzoq saqlanuvchi: doimiy xavfli hududlar (ko‘priklar, tog‘ yo‘llari).
—Mavsumiy: ob-havoga bog‘liq xavfli joylar.
—Qisqa muddatli: vaqtinchalik xavfli joylar (3 oygacha).

Kiritildi: 01:48 14.04.2025. O'qildi: 1027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!