Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Apple Indoneziyada smartfon sotish uchun rasmiy ruxsat oldi

Apple Indoneziyada smartfon sotish uchun rasmiy ruxsat oldi

Amerika texnologiya giganti Apple kompaniyasiga Indoneziyada iPhone 16 smartfonlarini sotishga qayta ruxsat berildi.

Xususan, Apple dasturchilar akademiyasiga 109 million dollar va mahalliy ishlab chiqarishga 10 million dollar sarmoya kiritgan bo‘lsa-da, rasmiylar bu mablag‘ni yetarli emas deb tan oldi. Natijada hukumat kompaniyadan kamida 1 milliard dollar sarmoya talab qildi.

Taqiq kiritilgandan so‘ng, 283 milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan mamlakatga bor-yo‘g‘i 9000 dona iPhone 16 yetkazib berildi. Bu ko‘rsatkich yirik bozordan chetda qolgan Apple uchun jiddiy zarba bo‘ldi.

Biroq Apple oxir-oqibat hukumat talablarini bajardi va 1 milliard dollar sarmoya kiritish orqali bozorga qaytish huquqini qo‘lga kiritdi. Endi kompaniya o‘z mahsulotlarini Indoneziyada rasman va qonuniy ravishda sotishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil oktyabr oyida Indoneziya hukumati investisiya majburiyatlarini bajarmagani uchun Apple mahsulotlarini sotishni taqiqlagan edi.

Kiritildi: 10:55 15.04.2025. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!