Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Apple Yevropa Komissiyasi bilan yarim milliard yevrolik jarima ustida tortishmoqda

Apple Yevropa Komissiyasi bilan yarim milliard yevrolik jarima ustida tortishmoqda

Apple kompaniyasi Evropa Komissiyasi tomonidan raqobat qoidalarini buzganlik uchun belgilangan 500 million yevrolik jarima ustida rasmiy apellyasiya berdi. Bu haqda Politico nashri kompaniya vakiliga tayangan holda xabar berdi.

Ushbu jarima Raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonun (DMA) doirasida qo‘llangan bo‘lib, u texnologiya gigantlariga raqobatchilarga nisbatan ustunlik beruvchi amaliyotlarni taqiqlaydi. Komissiyaning fikricha, Apple ishlab chiquvchilarning foydalanuvchilar bilan erkin muloqot qilishiga to‘sqinlik qilgan hamda ularga o‘zining to‘lov tizimlarini majburiy tarzda qo‘llashni yuklatgan.

Applening rasmiy vakili Emma Uilson kompaniya apellyasiya berganini tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, Yevropa Komissiyasining talablari “qonun doirasidan chiqib ketadi” va App Store faoliyat tamoyillariga zid.

Apple o‘z e’tirozini quyidagilarga qaratmoqda:

  • DMA qonunida “boshqaruv” tushunchasi haddan tashqari kengaytirilgan;

  • Endi unga reklama mexanizmlari, alternativ to‘lov tizimlari va boshqa do‘konlarga havolalarni majburan kiritish ham kiradi;

  • Kompaniya bu holat ishlab chiquvchilarni chalg‘itishi va foydalanuvchilarga zarar yetkazishi mumkinligini aytmoqda.

Apple 26 iyun kuni App Store qoidalariga o‘zgartirishlar kiritishini e’lon qilgan edi. Hozirda Bryusselda bu o‘zgarishlar DMA talablariga javob beradimi-yo‘qmi — degan savol ko‘rib chiqilmoqda. Agar yetarli deb topilmasa, kompaniyaga kundalik jarimalar solinishi mumkin.

DMA — Yevropa Ittifoqining yirik IT-korporasiyalarining monopolistik ustunliklariga qarshi kurashishdagi asosiy qurolidir. U Android, iOS va boshqa platformalarda o‘z xizmatlariga ustuvorlik berishni cheklaydi.

Avvalroq Google ham Android ishi bo‘yicha 4,1 milliard yoyevrolik jarima ustida shikoyat qilgan edi. Mutaxassislarning bahosicha, kompaniyaning yutish imkoniyati kam.

Kiritildi: 10:55 08.07.2025. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!