Apple 2025 yilning to‘rtinchi choragi va moliyaviy yil yakunlarini e’lon qildi. Kompaniya tarixida ilk bor bayram mavsumi bo‘lmagan chorakda sotuvlar hajmi va xizmatlar bo‘yicha yillik daromad 100 milliard dollardan oshdi.
Yil yakunidagi hisobotga ko‘ra, Apple’ning sof foydasi 112 milliard dollarni tashkil etdi. Bir yil oldin bu ko‘rsatkich Irlandiyadagi soliq nizosi tufayli amalga oshmagan edi.
Shu bilan kompaniya yillik foydasi 100 milliard dollardan ortiq bo‘lgan dunyodagi sanoqli korporasiyalar — Vodafone, Saudi Aramco va Alphabet qatoridan o‘rin oldi.
Apple’ning foydasi 2006 yildan beri 50 barobarga o‘sdi: 2010 yilda 10 milliard, 2019 yilda 20 milliard, 2024 yilda esa 36 milliard dollarlik natija qayd etilgan.