Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar halokatga uchradi (foto)

APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar halokatga uchradi (foto)

“Nyukasl” va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirer velosipedda halokatga uchradi.

Qayd etilishicha, sobiq futbolchi yo‘l chetidagi chuqurlikka tushib ketgan. Shirer o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida olgan jarohatlari aks etgan suratni e’lon qildi. Uning qo‘li va oyog‘i shikastlangan, tanasidagi shilinishlar esa halokat ancha jiddiy bo‘lganidan dalolat bermoqda. Hozircha hodisaning aniq tafsilotlari ma’lum emas.

APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar halokatga uchradi (foto)

APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar halokatga uchradi (foto)

Ma’lumot uchun, Shirer o‘z faoliyatining 10 yilini “Nyukasl”ga bag‘ishlagan. U ushbu klub safida 404 ta o‘yinda maydonga tushib, 206 ta gol urishga erishgan va 2006-yilda faoliyatini yakunlagan edi. Shuningdek, hujumchi Angliya milliy terma jamoasi safida jami 63 ta bahsda ishtirok etib, 30 ta gol muallifiga aylangan.

Alan Shirer Angliya Premyer Ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U “Nyukasl” va “Blekburn” klublari safida 414 ta bahsda 260 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Uning eng yaqin ta’qibchisi Harri Keyn hisoblanadi. Hozirda “Bavariya” futbolchisi hisoblangan angliyalik hujumchi hisobida 320 ta o‘yinda kiritilgan 213 ta gol bor.

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand 126 ta o‘yinda 107 ta gol kiritgan.

Kiritildi: 23:53 28.03.2026. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!