Angliya Premyer-ligasining 6 ta jamoasi kelasi mavsumda UYEFA Chempionlar Ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi.
Angliya bu mavsumda Yevropa kuboklarining mamlakatlar reytingda ikkinchi o‘rindan pastga tushmagani tufayli, APLning beshta klubi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu musobaqada qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.
Oltinchi klub esa Yevropa Ligasi finalida ikki ingliz klubi — «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» uchrashishi tufayli musobaqada ishtirok etadi. G‘olib jamoa avtomatik tarzda Chempionlar Ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritadi. Shu bilan birga, «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» mavsum yakunlanishiga qadar APLda kuchli beshlikka kirish imkoniyatini yo‘qotishgan.