APL klublari yozgi transfer mobaynida 3 milliard funtdan ortiq mablag‘ sarflab, rekord o‘rnatishdi.
Angliya chempionati jamoalarining yozgi transfer oynasidagi xarajatlari — 3,087 milliard funt (3,556 milliard yevro) ni tashkil etdi. Bu — APL tarixidagi eng katta ko‘rsatkich. Ilgarigi rekord 2023 yil yozida qayd etilgan bo‘lib, o‘sha paytda 2,36 milliard funt sarflangan edi.
APL joriy transfer oynasida La Liga, Bundesliga, Seriya A va Liga 1 klublari birgalikda sarflagan mablag‘dan ham ko‘proq xarajat qildi. Italiya klublari 1,19 milliard yevro, Germaniya jamoalari — 856 million yevro sarfladi. To‘rtinchi o‘rinda La Liga (683 mln), beshinchisida esa Liga 1 (637 mln) joy oldi.
Jami holda bu to‘rtta liga 3,366 milliard yevro sarfladi, bu esa APL klublarining o‘zlari xarajat qilgan summadan kamroq.