Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

APL klubi bosh murabbiyini ishdan olishi mumkin

APL klubi bosh murabbiyini ishdan olishi mumkin

"Nottingem Forest" bosh murabbiyi Ange Postekoglu ishsiz qolish xavfi ostida. Avstraliyalik sentyabr oyi boshida "o‘rmonchilar" boshqaruviga kelgan, ammo natijalarni yaxshilay olmagan - yettita o‘yinda beshta mag‘lubiyat va ikkita durang. Jurnalist Grem Beylining ma’lum qilishicha, 60 yoshli murabbiy Premyer-ligada "Chelsi"ga qarshi uy uchrashuvida muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, iste’foga chiqarilishi mumkin. Uchrashuv shanba kuni (Toshkent vaqti bilan 16:30) bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ange Postekoglu ikki yil davomida "Tottenxem"ni boshqargan edi. "Shporlar" rahbariyati o‘tgan yozda Yevropa Ligasidagi g‘alabaga qaramay, mutaxassisni iste’foga chiqargan edi.

"Nottingem Forest" Angliya chempionatining 7-turidan keyin turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 09:53 18.10.2025. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!