Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Antonov: Vashington tomonidan Kiyevga qurol yetkazib berish Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi to‘qnashuv xavfini oshiradi

A A A
Antonov: Vashington tomonidan Kiyevga qurol yetkazib berish Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi to‘qnashuv xavfini oshiradi

AQShning Ukrainaga qurol yetkazib berishi Rossiya va G‘arb o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv xavfini oshiradi, dedi Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov.

“AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan harbiy mahsulotlar yetkazib berilishi nafaqat qon to‘kilishining cho‘zilishi va yangi qurbonlar bo‘lishiga olib keladi, balki Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv xavfini ham oshiradi”, — deya Antonovning Telegram-kanalidan iqtibos keltirgan Vashingtondagi Rossiya diplomatik vakolatxonasi.

Uning qayd etishicha, Vashington qarori AQShni mojaro ishtirokchisi sifatida belgilab beradi.

Elchi Qo‘shma Shtatlarni jiddiy oqibatlarga olib keladigan provokasion harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Kiritildi: 14:47 05.10.2022. O'qildi: 1684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!