Bugun 9 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Antaliyada yirik o‘rmon yong‘ini avj olmoqda, aholi evakuasiya qilinmoqda

Antaliyada yirik o‘rmon yong‘ini avj olmoqda, aholi evakuasiya qilinmoqda

Turkiyaning Antaliya viloyatida kuchli shamol sabab yirik o‘rmon yong‘ini tez sur’atlarda tarqalmoqda. Bir qator hududlarda aholini xavfsiz joylarga evakuasiya qilish ishlari boshlangan.

Eng og‘ir vaziyat Aksum tumanida kuzatilmoqda. Yong‘in aholi yashash hududlariga yaqinlashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, kamida bir uy butunlay yonib ketgan.

Yong‘inni bartaraf etish ishlariga 866 nafar qutqaruvchi, 110 ta yong‘in o‘chirish texnikasi, 4 ta og‘ir texnika, 3 ta samolyot va 9 ta vertolyot jalb qilingan.

Yong‘in tarqalishining oldini olish maqsadida rasmiylar Shimoliy halqa yo‘lini, shuningdek, Antaliya–Isparta avtomobil yo‘lining bir qismini yopgan.

Qo‘shni Serik tumanida esa yong‘in oqibatida 5 ta uy vayron bo‘lgan. Issiqxonalar va qishloq xo‘jaligi yerlariga ham zarar yetgan.

Yong‘in oqibatida 3 kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Yong‘indan ko‘tarilgan tutun Antaliya aeroportidan ham ko‘rinmoqda. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, yong‘in Lara tumanidagi mashhur mehmonxonalardan taxminan 15–20 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Hozircha yong‘in kelib chiqishining aniq sababi ma’lum qilinmagan.

Kiritildi: 18:21 08.09.2026. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!