Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Anqaradagi terakt qurbonlari soni 5 kishiga yetdi, 22 kishi yaralandi

Anqaradagi terakt qurbonlari soni 5 kishiga yetdi, 22 kishi yaralandi

Anqaradagi TUSAS aerokosmik kompaniyasi ob’ektiga hujum qurbonlari soni 5 kishiga etdi, 22 kishi jarohat oldi.

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lum qildi, deya xabar beradi Haberturk.

“Terrorchilik hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni besh nafarga yetdi, jami jarohatlanganlar soni 22 kishini tashkil etdi, ulardan uch nafari shifoxonadan chiqarildi”, dedi vazir efirda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumga mamlakatda faoliyati taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi aloqador bo‘lishi mumkin.

Ichki ishlar vazirligi rahbarining aytishicha, terrorchilarning shaxsi va ularning qandaydir tashkilotga aloqadorligi haqidagi ma’lumotlar shaxsni aniqlash ishlari yakunlanganidan keyin ommaga e’lon qilinadi.

23 oktyabr kuni kechqurun aviasiyani loyihalash va modernizasiya qilish bilan shug‘ullanuvchi TUSAS bosh qarorgohiga kiraverishda ikkita portlash sodir bo‘ldi va otishmalar boshlandi. Hujumda ikki jangari: bir erkak va bir ayol ishtirok etgan. Ularning ikkalasi ham yo‘q qilindi.

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an BRIKS sammitida qatnashish uchun Qozon shahrida bo‘lib turibdi. Erdog‘an teraktga izoh berar ekan, hujum “to‘liq mustaqil Turkiya”ga qarshi qaratilganini, Anqara terrorchilik tahdidlariga qarshi kurashni davom ettirishini aytdi.

Kiritildi: Bugun 12:00. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!