Rasmiy Anqara Netanyahu samolyotining Turkiya havo hududidan uchib o‘tishiga ruxsat berilgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
Prezident Erdo‘g‘on ma’muriyati huzuridagi Dezinformasiyaga qarshi kurashish markazi ma’lum qilishicha, bu da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi
Idora Turkiyaning "Anqarada genosid sifatida baholanayotgan G‘azo sektoriga nisbatan Isroil olib borayotgan siyosatga" javoban Isroil samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopganini eslatib o‘tdi.