Turkiya BMTga 52 davlat va ikki xalqaro tashkilotning Isroilga qurol embargosi joriy etish chaqirig‘i bo‘lgan xatni topshirdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligidagi diplomatik manbalarga tayanib, Anadolu agentligi xabar berdi.
1 noyabr kuni maktub BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va BMTning boshqa muhim shaxslariga yuborildi.
Turkiya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatish xalqaro hamjamiyatning ma’naviy burchi va qonuniy burchi ekanini ta’kidlaydi.
Murojaatni imzolagan davlatlar qatorida Turkiya, Falastin, Jazoir, BAA, Eron, Qatar, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Yaman va boshqalar bor.
Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik tashkiloti ham o‘z imzolarini qo‘ydi.