Fransiya poytaxti Parijda kuzatilayotgan anomal issiqlik natijasida Eyfel minorasining balandligi taxminan 10 santimetrga oshdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, metall konstruksiyalar qizishi natijasida kengayadi. Minora qurilishida qo‘llanilgan temir harorat har 10°C ga oshganda taxminan 2 santimetrga uzayadi. Harorat pasayishi bilan esa metall yana avvalgi o‘lchamiga qaytadi.
Bu tabiiy fizik jarayon bo‘lib, inshoot xavfsizligiga tahdid solmaydi.