Ayni damda fuqarolarimiz karantin holatida va ko‘pchilik ko‘chaga chiqayotgani yo‘q. Bu esa koronavirusga qarshi kurashish yo‘lida eng samarali chora-tadbirlardan biri.
Saytimizga fuqarolardan ayni shu masala bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda. Ularning aksariyati internetni tekin yoki imkon qadar arzon qilish bo‘yicha fikr bildirgan. "Agar mobil aloqa operatorlari bir oy internetni tekin qilishsa, hech kim ko‘chaga chiqmaydi", deydi fuqarolarimizdan biri.
P/S. Bu taklifda jon bor. Chunki istasak-istamasak, ayrimlarning daromadi kamayadi. Qolaversa, har bir soha bugungi dolzarb paytda savob ishga qo‘l urib, yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Umid qilamizki, mobil aloqa operatorlari ham bu ishlardan chetda qolishmaydi.