Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Angrenda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Angrenda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahri bo‘limi va IIb xodimlari hamkorligida tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro SH.R. fuqaro O.X.ga 74 dona “Zardeks” va “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:05 07.07.2025. O'qildi: 445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!