Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ shahar filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ch.S.” MCHJ mas’ul shaxslari markazlashtirilgan kommunal suv ta’minoti tizimiga suvni hisobga olish uskunalarini o‘rnatmasdan o‘zboshimchalik bilan ulanib, foydalanib kelganligi natijasida “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ manfaatlariga jami 831,6 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.