Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Angela Merkel foydalangan sobiq hukumat samolyoti qismlaridan esdalik buyumlari tayyorlanadi

Angela Merkel foydalangan sobiq hukumat samolyoti qismlaridan esdalik buyumlari tayyorlanadi

Avstriyaning Aviation Upcycling kompaniyasi Germaniya hukumatining sobiq Airbus A340-300 «Konrad Adenauer» samolyoti tashqi qoplamasidan esdalik buyumlari ishlab chiqarishni boshladi.

Ushbu samolyotdan ko‘p yillar davomida Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel, federal prezidentlar, vazirlar va hukumat delegasiyalari foydalangan. Havo kemasi Germaniya Federativ Respublikasining birinchi kansleri Konrad Adenauer nomi bilan atalgan.

Aircrafttag brendi ostida samolyotning asl alyuminiy qoplamasidan kalit uchun breloklar, bagaj yorliqlari va stakan tagliklari tayyorlanmoqda. Bunda samolyotning asl bo‘yoq qoplamasi, yuza tuzilishi hamda foydalanish jarayonida paydo bo‘lgan izlar saqlab qolinadi.

Breloklarning narxi rangiga qarab 34 yevrodan 59 yevrogacha belgilangan.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, sobiq hukumat samolyotini qayta ishlash ular tarixidagi eng yirik loyiha hisoblanadi.

«Biz aviasiya tarixining bir qismini saqlab qolish va uni kolleksionerlar hamda aviasiya ishqibozlari uchun ochiq qilishni istaymiz», — dedi kompaniya rahbari Ralf Vansh.

Biroq samolyotning barcha qismlari esdalik buyumlariga aylantirilmaydi. Fyuzelyajning old qismi, jumladan, uchuvchilar kabinasi va hukumat delegasiyalari uchun mo‘ljallangan salon Berlinning Gatov hududida joylashgan Harbiy-tarixiy muzeyga topshiriladi.

Kiritildi: 21:36 16.11.2026. O'qildi: 540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik