Ukraina futbol assosiasiyasi prezidenti va "Milan" afsonasi Andrey Shevchenko Lionel Messini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblamoqda.
"Messi tarixdagi eng yaxshi futbolchimi? Men uchun ha. U Pele va Maradonaga qaraganda boshqa davrda o‘ynadi, ammo Messi - bu hamma narsa, Argentina ramzi. U afsona, barcha davrlarning eng yaxshilaridan biri. Biz uni Pele va Maradonaga qiyoslaymiz.
Messi kabi driblingga ega bo‘lgan va gol ura oladigan futbolchini topish qiyin. Bu XXI asr hujumchisining ideal prototipi. Uni hatto bir pozisiyaga bog‘lab ham bo‘lmaydi. U hamma joyda o‘ynay oladi", - deya Shevchenkoning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.