Ulug‘nor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. 2017 yilda Rossiya Federasiyasiga ishlash maqsadida ketgan. Ushbu davr mobaynida farzandi uchun belgilangan aliment to‘lovlarini amalga oshirmagani natijasida 87,8 mln. so‘m qarzdorlik yuzaga kelgan.
Fuqaro M.A. xorijda bo‘lgan vaqtda o‘z fuqarolik pasportining amal qilish muddati tugagan. Shu sababli, elchixonaga yangi biometrik pasport olish maqsadida murojaat qilgan. Murojaat chog‘ida uning aliment majburiyatini bajarmagani va qarzdorlar ro‘yxatiga kiritilgani ma’lum qilingan.
Yuzaga kelgan qarzni qoplash maqsadida fuqaroning onasi tashabbus ko‘rsatib, Ulug‘nor tumanida joylashgan ikki xonali hovli uyini nabiralari uchun rasmiylashtirish istagini bildirgan. Tomonlar o‘rtasida tegishli kelishuv tuzilgan va undiruvchi tomonidan ko‘chmas mulk aliment qarzi evaziga qabul qilindi.