Donald Tramp Vladimir Putin bilan iloji boricha tezroq uchrashishni istaydi, dedi AQSh davlat kotibi.
Marko Rubioning so‘zlariga ko‘ra, hozirda uchrashuv joyi va sanasi masalasi hal qilinmoqda.
Rubioning boshqa bayonotlari:
◾️ Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga oid talablarlari aks etuvchi hujjatni tayyorlamoqda;
◾️ Agar Ukraina bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljish bo‘lmasa, AQSh Kongressi Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risida qonun qabul qilishi haqida rossiyaliklarni ogohlantirdik;
◾️ Kongressning Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilishi bu biz to‘xtata olmaydigan va nazorat qila olmaydigan jarayon;
◾️ AQSh Ukraina bo‘yicha oxiri yo‘q muzokaralarda ishtirok etishni istamaydi, balki yaqin kunlarda aniq natijalarni ko‘rishni xohlaydi.