Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Andijonda yuqori tezlikda haraqatlangan Lacetti devorga urildi

Andijonda yuqori tezlikda haraqatlangan  Lacetti devorga urildi

Andijon viloyatida Lacetti yuqori tezlikda devorni buzib o‘tgani aytilgan videolar tarqaldi. Viloyat YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, holat 3 may kuni soat 12:10 larda, Buloqboshi tumani “Rivoj” MFY Yangiariq ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi S.S. o‘zining Lacetti avtomashinasida Buloqboshi tuman markaziga qarab harakatlanib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan.

Oqibatda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi devorga borib urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Ushbu YTH oqibatida avtomashina oldi o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:09 04.05.2025. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!