Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Andijonda yuk avtomobili odamlar ustiga yurib ketdi

Andijonda yuk avtomobili odamlar ustiga yurib ketdi

5 iyun kuni soat 19:00 larda, Andijon viloyati, Andijon tumani, Zavroq MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida haydovchi U.Z. «Gaz-5327» rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va «Pemco» nomli avtomashinalarni ta’mirlash ustaxonasi oldi tomonida to‘xtab turgan «Matiz» hamda «Spark» rusumli avtomobillar bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, hodisa joyida bo‘lgan fuqarolar N.Q., O.Z., X.E., A.M. va voyaga yetmagan M.I.larga turli darajadagi tan jarohati yetgan.

Yuk avtomobil haydovchisi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda mastlik holati tasdiqlangan. Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:16 08.06.2021. O'qildi: 3215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!