Bugun, 24 may kuni soat 19:36 da Andijon shahar "Iqbol" MFY (3-kichik daxa) hududida joylashgan 9-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra YOQElari soat 19:44da aytilgan manzilga yetib borib, sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida axoli yashash xonadonining taxminan 15 kv.m. maydonda uy ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida tan jaroxati olganlar yo‘q.
Xozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.