Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Andijonda xorijga chiqish taqiqini yechib berishni va’da qilgan bank xodimi ushlandi

Andijonda xorijga chiqish taqiqini yechib berishni va’da qilgan bank xodimi ushlandi

Andijon viloyatida fuqaroning xorijga chiqishi uchun qo‘yilgan taqiqni yechib berishni va’da qilgan tijorat banki xodimi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tijorat bankining Andijon hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi B.U. ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, u fuqaro A.A.ning bank krediti bo‘yicha qarzdorligi sababli Majburiy ijro byurosi tomonidan qo‘yilgan xorijga chiqish taqiqini yechib berishni va’da qilgan. Buning evaziga 5,5 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:50 19.09.2026. O'qildi: 405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!