Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Andijonda universitet talabalari ovqatdan zaharlandi

Andijonda universitet talabalari ovqatdan zaharlandi

Andijon shahrida joylashgan Qo‘qon universiteti Andijon filialida bir guruh talabalar ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Andijon viloyati Prokuraturasi xabar berdi.

Viloyat prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 5 may kuni universitet oshxonasida ovqatlangan 15 nafar talaba ommaviy zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, tekshiruv jarayoni viloyat prokuraturasi nazoratiga olingan bo‘lib, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!