Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Andijonda tillalarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi

Andijonda tillalarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi

Yashirin tarzda olib o‘tilayotgan mazkur nostandart quyma oltin bo‘laklari belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga olinib, mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelayotgan ikki nafar ayolning yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Ulardan birining o‘zi foydalanishi uchun mo‘ljallangan kiprik bo‘yog‘i (tush) idishi ichiga uch dona quyma oltin yashirincha joylangani aniqlandi. Uning hamrohi esa tilla bo‘laklarini atir idishi hamda ruchka ichiga mohirlik bilan joylashtirgan holda olib o‘tishga urindi.

Shuningdek, ushbu post orqali harakatlangan yana bir fuqaro shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida zargarlik buyumlarini bosh do‘ppisining ichiga joylab, olib o‘tmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 244-son qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun notijorat maqsadlarda respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normasi avtomobil va piyoda o‘tkazish punktlari orqali 300 AQSh dollari miqdorida belgilangan. Mazkur talablar zargarlik buyumlariga ham tatbiq etiladi. Bunda buyumlarning tayyor zargarlik mahsuloti bo‘lishi hamda notijorat maqsadlarda olib kirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Kiritildi: Bugun 16:53. O'qildi: 203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!