Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Andijonda suv tarmog‘i hamda maktab qurilishiga ajratilgan 1 mlrd. 756 mln. so‘m talon-toroj qilindi

Andijonda suv tarmog‘i hamda maktab qurilishiga ajratilgan 1 mlrd. 756 mln. so‘m talon-toroj qilindi

“Odil-xamza” xususiy korxonasi tomonidan 2022 yilda Asaka tumanidagi ikkitata mahallada suv tarmog‘i tortish ishlari hamda 3-sonli o‘rta ta’lim maktabi binosini qurish ishlarida haqiqatda amalga oshirilmagan 1 mlrd. 756 mln. so‘mlik ish hajmi qo‘shib ko‘rsatilib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha “Odil-xamza” xususiy korxonasi rahbari X.O. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Asaka tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xususiy korxona rahbari X.O. byudjetga yetkazilgan zararni qoplash choralarini ko‘rmasdan, aksincha tergov organiga kelishdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi sababli u majburiy tartibda keltirilib, qonunda belgilangan tartibda gumon qilinuvchi sifatida ushlangan.

Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan va maqolada ko‘rsatilgan holatlar atroflicha o‘rganilib, natijalari jamoatchilikka ma’lum qilinadi.

Kiritildi: 14:56 27.01.2023. O'qildi: 2636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!