Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Andijonda soyga ko‘prik yasab, odamlarni pulga o‘tkazgan “uddaburonga” chora ko‘rildi

Andijonda soyga ko‘prik yasab, odamlarni pulga o‘tkazgan “uddaburonga” chora ko‘rildi

Andijon viloyati Buloqboshi tuman hokimligi xabariga ko‘ra, 2021 yilning iyul oyidagi tabiiy ofat oqibatida Aravonsoy ko‘prigi yaroqsiz holatga kelib qolgan va undan foydalanish to‘xtatilgan.

10 oktyabr kuni “Bozorboshi” MFY yashovchi 35 yoshli, muqaddam sudlangan N.I. soyga ikkita yog‘ochdan iborat ko‘prik yasab, odamlarni 1000 so‘m evaziga o‘tkazib qo‘yishni “biznes” qilib olgan.

Bu holat o‘rganilib, Buloqboshi tumani sudida ko‘rib chiqilgan. N.I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) va 200- moddalari (o‘zboshimchalik) bilan aybdor deb topilgan. Sud unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Hokimlik hozirda ko‘prikni qurish va ta’mirlash ishlari boshlanganini qo‘shimcha qilgan.

Kiritildi: 12:06 13.10.2021. O'qildi: 5442 marta. Fikrlar soni: 13 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!