Baliqchi tumanida farzandi uchun aliment to‘lashi belgilangan qarzdor ota aliment to‘lovi o‘rniga o‘z avtomashinasini berdi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan E.P. bir nafar farzandi uchun aliment to‘lab borishi belgilangan.
Biroq, ijro harakatlari davomida qarzdor aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelganligi sababli ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Shundan so‘ng, qarzdor ota to‘lanmay qolgan 25 mln. so‘m aliment qarzi hamda farzandi voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment to‘lovlari evaziga “Damas” avtomashinasini berishini ma’lum qilgan.
Davlat ijrochisining sa’y-harakatlari bilan taraflar o‘zaro kelishuvga erishdi. Undiruvchi taklifga rozilik bildirib, avtomobilni aliment o‘rniga qabul qilib oldi.
Shu tariqa, ijro hujjatining ijrosi to‘liq ta’minlanib, ijro ishi yuritish tamomlandi.