Saida Mirziyoyevaning Andijonga tashrifi davomida e’tibor qaratilgan suv va oqova tizimlarini rekonstruksiya qilish hamda katta yo‘lni ta’mirlash masalalari tezkorlik bilan hal etilishi ta’minlanmoqda.
Jumladan, aholini qiynab kelayotgan ushbu muammoni yechish uchun Prezidentimizga darhol axborot berildi. Natijada, Boburshoh ko‘chasi, Oltinko‘l ko‘chasi ko‘chalarida keng ko‘lamli ishlar boshlanib, ob’ektga tegishli topshiriq asosida 98,9 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi, ishga zudlik bilan 60 dan ortiq yirik mashina-mexanizmlar jalb etildi.
Mazkur vazifalarning qisqa muddatlarda ijro etilishi hududlarni rivojlantirishga doir islohotlarning bosh maqsadi — inson qadrini ulug‘lash va xalq roziligiga erishish ekanining amaliy ifodasidir.