Bugun 9 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Andijonda metan gazning maksimal narxi belgilandi

Andijonda metan gazning maksimal narxi belgilandi

Andijon viloyatida metan gaz narxiga cheklov o‘rnatildi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, maksimal narx 3750 so‘m miqdorida belgilangan.

«Agarda narx sun’iy oshirilgan holatlarga guvoh bo‘lsangiz tegishli idoralarga yoki matbuot xizmatiga (+998932730823) bu haqda ma’lumot qoldirishingiz so‘raladi», deyiladi xabarda.

1 avgust kuni avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida metan va propan narxi oshgani haqida xabarlar tarqalgach, Raqobat qo‘mitasi bu borada o‘rganish ishlarini boshlagan edi.

2024 yil 25 may kuni Vazirlar Mahkamasining metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi qarori qabul qilingan va 1 avgustga qadar avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida 1 kub.m. metan gazning eng yuqori narxi 3750 so‘m etib belgilangan edi.

Kiritildi: 21:17 01.08.2024. O'qildi: 9230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!