Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Andijonda maishiy gaz ballonlarini noqonuniy saqlab, avtomashinalarga quyib sotilayotgan xonadon fosh etildi

Andijonda maishiy gaz ballonlarini noqonuniy saqlab, avtomashinalarga quyib sotilayotgan xonadon fosh etildi

"O‘zenergoinspeksiya" Andijon viloyat hududiy boshqarmasi, IIB va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Izboskan tumani “Markaz” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro A. A. tomonidan o‘zining yashash xonadonida gaz ballonlarini noqonuniy tarzda, texnika va yong‘in xavfsizligi talablariga mutlaqo zid ravishda saqlanayotganligi aniqlandi.

Xususan, ushbu xonadonda suyultirilgan gazni maishiy gaz ballonlardan avtomashinalarga quyib sotayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:30 14.07.2025. O'qildi: 609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!