Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Andijonda kredit qarzi uchun 13 mlrd. so‘mlik bino boy berildi

Andijonda kredit qarzi uchun 13 mlrd. so‘mlik bino boy berildi

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan ijro hujjatlariga asosan banklar foydasiga kredit qarzdorliklari undirib kelinmoqda.

Xususan, Qo‘rg‘ontepa tumanlararo iqtisodiy sudining 13.12.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor MCHJ hisobidan undiruvchi ATIB “Ipoteka bank” foydasiga 16 mlrd. 98 mln. so‘m kredit qarzdorligi, 1 mlrd. 923 mln. so‘m hisoblangan foiz, 27 mln. 322 ming so‘m penya undirish, undiruvni qarzdor va qo‘shimcha javobgarlar tomonidan garovga qo‘yilgan mol-mulklarga qaratish belgilangan.

Shartnomaga ko‘ra, qarzdor MCHJga tegishli Oltinko‘l tuman Navoiy massivida 2,0 ga yer maydonida foydalanish huquqi bilan joylashgan “Intensiv yopiq suv aylanma tizimi usulida baliq yetishtirish va muzlatgichli omborxona” bino-inshoatlarining 2/3 qismi garovga qo‘yilgan bo‘lib, jami 13 mlrd. so‘mga baholangan.

Ijro harakatlari davomida ushbu mulklar elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.
Biroq, mazkur ko‘chmas mulklar elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi tomonidan o‘tkazilgan takroriy auksion savdolarida sotilmagan.

Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi «Sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 56-moddasiga asosan undiruvchi ATIB “Ipoteka bank” Andijon viloyat filialiga qarzdorning garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulklarini 10 foizga arzonlashtirilgan, ya’ni 11 mlrd. 700 mln. so‘m narxda qabul qilishi yuzasidan taklif kiritilgan.

Bankning roziligiga asosan ushbu mulklar bank balansiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Kiritildi: 07:13 28.07.2022. O'qildi: 2867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!