Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon shahridagi avtoshox bekatida sodir bo‘lgan holat yuzasidan Andijon viloyati IIB tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 5 noyabr kuni soat 15:35 larda Andijon shahri, O‘zbegim mahallasi, A.Temur ko‘chasida joylashgan “Avtoshox bekat” hududida, Andijon-Qo‘qon yo‘nalishida aholiga pullik xizmat ko‘rsatuvchi xaydovchilar, 1992 yilda tug‘ilgan Asaka tumanida yashovchi A.X. unga tanish bo‘lgan 1993 yilda tug‘ilgan Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi O.X. bilan o‘zaro kelishmovchilik ortidan janjallashishgan.
Ushbu janjalda boshqa fuqarolarga hech qanday zarar yetmagan.
Mazkur xolat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, fuqaro O.X.ga nisbatan MJtKning 183-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.