Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Buloqboshi tumani Shirmonbuloq qishlog‘i hududida Janubiy Farg‘ona kanali suvida ko‘piklar paydo bo‘lgani yuzasidan murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tartibda Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida 26 iyul kuni soat 9:00 lar atrofida suv yuzasida ko‘piklar paydo bo‘lgani aniqlangan. Holat yuzasidan tezkorlik bilan suvdan namunalar olinib, tahlildan o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, Xo‘jabod tumani "Solpi" MFY hududida joylashgan “N. G.” MCHJ tomonidan matolarga rang berish sexidan chiqayotgan oqova suv, tozalash inshooti to‘liq ishlamaganligi sababli, qisman tozalanmasdan Janubiy Farg‘ona kanaliga tashlanayotgani aniqlandi.
Tabiatga yetkazilgan zararni aniqlash uchun suv namunalari tahlil qilindi. To‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish va tegishli chora ko‘rish uchun sud organlariga taqdim etiladi.